Yuklab olish

Report
Mavzu: Jamiyatda
informatikaning o`rni.
«Informatika» fanining predmeti bir biri bilan
uzviy bog’liq uchta tushuncha: algoritmlash,
dasturlash va EHMdan tashkil topgan bo’lib,
talabalarning algoritmik fikrlash madaniyatini
o’stirish, kompyuter savodxonligini oshirish va
EHMni o’qish jarayonida, ilmiy texnik ishlash
ishlarida, ilmiy izlanishlarda va kelajakdagi
muxandislik faoliyatlarida qo’llash bilimlarini
berishni
nazarda
tutadi.
«Informatika» fanining vazifasi talabalarga
EHMda qayta ishlov uchun zarur bo’lgan
axborotlarni
tasvirlash
yechilayotgan
masalani birmuncha sodda bo’laklarga bo’lib,
matematik modellash asoslarini o’zlashtirish,
asosiy algoritm turlarini, algoritmik tillardan
birini mukammal bilish, dastur tuzish va uni
EHMga kiritib natija olish va shaxsiy
kompyuterlarda
ishlashni
o’rgatishdan
iboratdir.
Informatika axborotlarni EHM yordamida tasvirlash,
saqlab turish, uzatish va ishlov berish usullarini
o’rganadigan fandir. EHMlarni ishlab chiqish va undan
foydalanish sohasida katta yutuqlarga erishgan olim
V.M.Glushkov ta’biri bilan aytsak: «Yangi asr boshida
texnik jixatdan rivojlangan mamlakalarda aksariyat
axborot EHM xotirasida joylashgan bo’ladi. XXI asr
axborotlardan ana shu axborotlardan foydalanishni
bilmagan kishi, XX asr boshida o’qish va yezishni»
bilmagan odamga o’xshab qoladi. Bundan kelib
chiqqan holda, «Informatika» fanini o’rganish ikkinchi
savodxonlik bilan tengdir.
Informatika fani esa ilmiy texnik nuqtai –
nazaridan axborotlarning ustida ishlash,
uzatish va qayta ishlashni o’rgatadi. Shuning
uchun axborot tushunchasi informatikada
odatdagi ta’rifdan farq qiladi. Informatika
uchun asosiy masalalardan biri hisoblash
texnikalari
vositalaridan
foydalanib,
axborotni qayta ishlash yo’llarini yaratish,
ularni saqlash, qayta ishlash va uzatishdan
iboratdir. Shuning uchun informatikada
axborotlar
klassifikatsiyasiga
alohida
yondoshiladi.
Informatikada
uzluksiz
(yoki
analogli) va diskret (yoki sonli)
axborotlar bilan ish olib boriladi.
Chunki inson o’zining sezgi organlari
orqali analog axborotlar bilan,
kompyuterlar esa sonli axborot bilan
ishlaydi. Masalan musiqani olib
ko’raylik. Musiqa
taralganda
u
analogli axborot sifatida tarqatiladi
va biz uni tinglaymiz, lekin
musiqaning
notalarini yozsak, u
sonli
axborotga
aylanadi.
Inson tomonidan yaratilgan ko’pgina uskunalar analogli
axborot asosida ishlaydi. Masalan, televizor – bu analogli
uskuna. Uning ichida kineskop bor. Kineskop nuri ekran
bo’ylab uzluksiz harakatlanadi. Nur kuchaygan sari u
tushgan nuqta shunchalik yorishadi. Nuqta yorug’ligining
o’zgarishi asta – sekinlik va uzluksizlik bilan amalga
oshiriladi. Musiqa o’ynagich, telefon ham analogli
qurilmalarga misol bo’la oladi. Kompyuter manitori esa
televizorga o’xshaydi, lekin u sonli qurilmadir. Undagi
yorug’lik nuri asta sekinlik bilan emas, balki sakrab
o’zgaradi. Yorug’lik – yoki bor, yoki yo’q. Lazer kompaktdiskli musiqa o’ynagichlar ham sonli hisoblanadi (shuning
uchun ularni kompyuterda eshitish mumkin).
90-yillar boshida O’zbekistonda jamiyatni axborotlashtirish
konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Uning asosiy maqsadi – kompyuter
vositalarini tezkor ravishda jamiyatning barcha jabhalariga
tatbiq qilishdan iboratdir. Axborotlashtirishning asosiy qismi
quyidagilar:

– ishlab chiqarishni butkul avtomatlashtirish va
rag’batlashtirish;

– ilmiy izlanishlarni va loyihalashtirishni avtomatlashtirish;

– tashkiliy iqtisodiy boshqarishni axborotlashtirish;



– maktab, kollej, litsey va oliy o’quv yurtlarida kadrlarni
o’qitish va tayyorlashni kompyuterlashtirish;
– xizmat ko’rsatish;
– sog’liqni saqlash va aholi ishlaydigan hamma sohalarni
kompyuterlashtirishdir.
E`tiboringiz uchun rahmat!
Tuzuvchi: M.Shokirova
Navbahor iqtisodiyot va
xizmat ko`rsatish kasb-hunar
kolleji matematikainformatika fani o`qituvchisi

similar documents