Mavzu:Nutqida kamchiligi bo*lgan bolalar diqqat va xotirasini

Report
Nutq nuqsoniga ega
bolalarning idrok
xususiyatlari.
Reja:
• 1.Idrok haqida umumiy tushuncha
• 2. Nutq nuqsoniga ega bolalarning idrok xususiyatlari.
Mavzuning maqsadi:
Talabalarga nutq nuqsoniga ega bo’lgan
bolalarning idrok xususiyatlari haqida tushuncha
berish
Asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar
• 1.Kalyagin V.A. Logopsixologiya: ucheb. posobie dlya stud. vqssh.
ucheb. zavedeniy / 2..A.Kalyagin, T.S.Ovchinnikova. — M.:
Akademiya, 2006.
•
3.Kosyakova O.O. LogopsixologiY. Izdatelstvo "Feniks" Seriya
"Vissheye obrazovaniye" 2007
•
4.Muminova L.R., Ayu’ova M. LogopediY. Tashkent.
«O’qituvchi» 1993 y
•
5.Ayupova M.Y., LogopediYа. T.: O’zbekiston faylasuflar Milliy
jamiyati. 2007 y.
•
6.LogopediYа. pod. red. A.S. Volkovoy. M:Vlados 1998g
Elektron ta'lim resurslari
1 ru.wikipedia.org/wiki/Logopsixologiya
2.tempus.novsu.ru/file.php/1/Vitebsk/lautkina_2.pdf
3.nashaucheba.ru/.../seliverstov_v.i._doshkolnaya_logopsixologiya
4.uchebnikionline.ru/.../logopsihologiY.../logopsihologiya__konoplyasta
• 5.htt’://ingn’ublishing.com/journal/9/2012/7_20/
• 6. htt’://www.dslib.net/’redstojawie-zawity-dissertacij.html
•
•
•
•
Idrok
• sezgi a’zolarimizga ta’sir qilib turgan narsalarning ongda bevosita aks
ettirishdir. Biz narsa va hodisalarni yaxlit holicha idrok qilamiz, ayrim
hossalarni esa sezamiz. Masalan, quyoshni biz idrok qilamiz, uning
yorug‘ini esa sezamiz. Idrok qilish xis qilish bilan birgalikda bilish
jarayonida teng ishtirok etadi.
Ulug‘ qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy
• “Minerologiya” asarida sezgi va idrok haqida quyidagi fikrlarni keltirib
o‘tgan: “Sezgilar beshta bo‘lib, … ular quloq bilan eshitish, ko‘z bilan
ko‘rish, burun bilan hidlash, til bilan tatib ko‘rish va teri bilan tegib
bilishdan iboratdir… ilm va ma’rifat faqatgina o‘shalar orqali hosil
bo‘ladi.”
Idrokning o‘ziga xos xususiyatlari
• 1) aralash va umumlashtirish: predmet va xodisalarni idrok etar ekan, inson nimalarni
idrok etayotganini tushunadi va anglaydi;
• 2) predmetlilik: predmetlarning obrazlarini real predmetlar sifatida anglaydi;
• 3) yaxlitlilik: borliqdagi predmet va xodisalarning alohida sifatlari va belgilari doimiy
mustaxkam bog‘liqlikda bo‘ladi;
• 4) tizimlilik: kishi turli predmetlar yoki hodisalarning belgilarini yaxlit va mustahkam
tizim sifatida anglaydi;
• 5) tanlash: bir necha predmetlar va ko‘rinishlar orasidan inson faqat bir nechtasinigina
ajratib oladi, bu uning qanday faoliyat bilan shug‘ullanayotganiga, muayyan vaqtda unga
qanday narsalar kerakli ekaniga va qiziqishlariga bog‘liq bo‘ladi;
• ) o‘zgarmaslik: xuddi o‘sha predmetlar inson tomonidan o‘zgargan sharoitlarda ham bir
xil qabul qilinadi (turli xil yoritilishida, turli xil qarashlarda, turli masofalarda).
Idrok qilish jarayonida
• bolada asta sekinlik bilan ko‘rish, eshitish, harakat, bilish obrazlarini orttirib
boradi. Lekin bunda bola predmetlarning munosabatlari va belgilarini idrok
qilishi jarayonida, bu munosabatlar va belgilar so‘zlar bilan izohlangan bo‘lishi
kerak. Bu esa predmetning obrazlari haqida tasavvurlarni mustahkamlaydi, ularni
yana
ham
aniqlashtiradi.
Agar
idrok
qilingan
obrazlar
so‘zlar
bilan
mustahkamlangan bo‘lsa, bir qancha vaqt o‘tganidan keyin ham bu obrazlar bola
tasavvurida tikldanishi mumkin.
G.F.Cergeyeva fikricha
• Idrok qilishning fonematik buzilishi nutq nuqsoniga ega bolalarning
hammasida kuzatiladi, bunda nutq-eshitish va nutq-harakat
analizatorlari orasidagi bog‘liqlik bo‘lmasligi kuzatiladi. Ma’lumki,
dizartriya va rinolaliyada uchraydigan nutq harakat analizatori
funksiyasining buzilishi tovushlarni eshitish orqali idrok qilishga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin
• YE.M.Mastyukova ko‘rish orqali idrok qilishni tekshirish natijasda nutq
nuqsoniga ega bo‘lgan maktab o‘kuvchilarida bu funksiya o‘z normasida qoladi
va ular obrazlarni yaxlitligicha idrok etadi va meyordagi bolalardan farq qilmaydi
degan xulosaga keladi.
• Biroq
nutq
nuqsonlariga
ega
bolalarga
berilgan
vazifalar
murakkablashtirilganida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Nutqi to‘liq rivojlanmagan
bolalar predmet obrazlarini belgilangan sharoitlarda ancha kiyinchilik bilan idrok
qiladilar: qarorni qabul qilish vaqti cho‘ziladi, bolalar o‘z javoblariga ishonmay
ikkilanadilar, predmet-xodisalarni tanishda xatoliklar kuzatiladi, axborot ortgan
sari predmetning belgilarini ajratish ham qiyinlashadi.
Kichik maktab yoshidagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning
ko‘rib idrok etishini tekshirish jarayonida dizartriya, alaliya kabi
nutq kamchiliklarida idrokning quyidagi buzilishlari kuzatildi:
• optik, atrof-muhit, tasavvurlar, yuzaga tegishli bo‘lgan belgilar,
barmoqlar va artikulyatsiya a’zolari harakati, taktil-harakat azolari
yordamida idrok etish (L.S.Svetkova, T.M.Pirsxalayshvili).
Nutq nuqsoniga ega bolalarda optik atrof-muhitni idrok etish jarayonining
buzilgani, shuningdek boshqa idrok jarayonlari to‘lik emasligi natijasida
atrof-muhitni tasavvur qilishning shakllanishida o‘ziga xos jihatlar kuzatiladi.
• Alalik bolalarda idrokning buzilganligi ayniqsa rasmlarni chizishda kuchli namoyon
bo‘ladi: rasm va tasvirlar detallar miqdorining kamligi, oddiyligi, soddaligi, murakkab
emasligi
bilan
ajralib
turadi,
shuningdek
optik-atrof-muhitni
idrok
etishdagi
buzilishlarning mikdori bilan xarakterlanadi.
• Disleksik va disgrafik bolalarda atrof-muhitni idrok etishning buzilishi ayrim hollarda
yozuv nuqsonlarida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, predmetlar orasidagi
aloqalar, ular orasidagi faoliyat impressiv nutqning saqlanganligini bildiradi. Lekin
ekspressiv nutqda, agar bolalar og‘ir nutq nuqsonlarigi ega bo‘lsa, nutqiy muloqot
vositalarini bu munosabatlarda notug‘ri ifodalaydilar. Bu ularning nutqida semantik
tartibning saqlanmaganligi bilan bog‘liq.
Taktil-harakat a’zolari orqali idrok etish xususiyatlari
R.L.Ringel metodikasi yordamida tekshiriladi. Bunda
bolaga “sehrli quticha”ga joylashtirilgan predmetlar
orasidan kerakli predmetni paypaslab aniqlash
topshiriladi. Nutqida kamchiligi bor bolalarda, ayniqsa
dizartriklar va alaliklarda mayda qo‘l motorikasi yaxshi
rivojlanmaganligi tufayli taktil-harakat orqali idrok etish
xususiyati ham buzilgan bo‘ladi.
Nutqi buzilgan hamma bolalarda fonematik idrokning
buzilishi, shubhasiz nutq-eshitish va nutq-harakat qilish
analizatorlari faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
G.F.Sergeyevaning fikricha, dizartriya va rinolaliyada
nutq-harakat qilish funksiyalarining buzilishi fonematik
idrok jaryoniga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda tovushlarni
talaffuz qilishning buzilishi va idrokning buzilishi orasida
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kuzatiladi.
L.I.Belyakova, Y.F.Garkusha, O.N.Usanova,
E.L.Figeredo tadqiqot natijalariga ko’ra,
• Idrok qilinayotgan predmetning dastlabki obrazi sezgilarning jami
(yig‘indisi)dan iborat bo‘lmay, balki yaxlit, bir butun bo‘ladi. Bu idrokning
perseptiv tomonini tashkil qiladi. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda esa
predmetni yaxlit idrok etish qobiliyati ham buzilgan bo‘ladi. Ular
predmetning ayrim belgilarini idrok etmaydilar
A.P.Voronovaning nutqi to‘liq rivojlanmagan
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkazilgan tajribasinov natijalarining tadqiqiga ko’ra,
• bu toifadagi bolalarda harf idroki past rivojlangan bo‘ladi: ular harflarni bir
tekisda yoza olmaydilar, harflarni chaplashtirib yuboradilar, to‘g‘ri chiziqdan
tepaga yoki pastga tushib ketadilar. Bosma harflarnini yozishda ham xuddi
shunday qiyinchiliklarga uchraydilar. Shu sababli nutqi to‘liq rivojlanmagan
bolalar savodni egallashda qiynaladilar. Ma’lum bo‘lishicha, nutqi rivojlanmagan
bolalar «o‘ng tomon» va «chap tomon» tushunchalarini ajratib olishda
qiynaladilar, shuning uchun o‘z tana a’zolarining joylashish o‘rnini odatda to‘g‘ri
aniqlay olmaydilar.
Alalik bolalarda fazoviy buzilishlar, ayniksa, odam
suratini chizishda yaqqol ko‘rinadi: tasvirlashning
qashshoqligi bilan, detallar sonining kamligi va oddiyligi,
hamda o‘ziga xos optik-fazoviy buzilishlarning
mavjudligi bilan ajralib turadi. Biroq, nutqi buzilgan
bolalarda fazoviy buzilishlarning o‘rni rasmda
ifodalangan hissiy jo‘shqinlik evaziga kompensatsiya
qilinadi.
• Idrokning mazmuni asosan odam hosil qilgan tajribaning boyligi, unda
tafakkur va hayolning nechog‘li taraqqiy qilganligi bilan belgilanadi.
Bunda nutq yetakchi o‘rin egallaydi. Nutq nuqsonlariga ega bo‘lgan
bolalarda esa idrokning barcha turlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘ladi. Shuning uchun ular bilan olib boriladigan korreksion-logopedik
ishda nutq kamchiliklarini to‘g‘rilash bilan birga idrokni rivojlantirish ham
talab qilinadi.
Психологик ташхисни амалга оширишда
қуйдагилар эътиборга олинади:
• 1. Берилаётган топшириқлар боланинг ёши, индивидуал
хусусиятлари, яшаш муҳитига мос бўлиши керак;
• 2. Тадқиқот давомида болани рағбатлантириш;
• 3. Текширувга боланинг ота- онасини жалб қилиш;
• 4. 4- 6 ёшли болаларда тадқиқот 30 дақиқадан ошмаслиги;
• 5. Агар диагностик маълумотлар етарли бўлмаса, қайта тадқиқот
ўтказиш;
• 6. Тадқиқот ижобий муҳитда тугалланиши;
• 7. тадқиқот натижаларини ота- она, бошқа мутаҳассислар билан
муҳокама қилиш.
Mustaqil ish uchun vazifa
Nutqida kamchiligi bo’lgan bolalarni idrokini tekshirish
metodikalariga doir ishlanma tayyorlash

similar documents