PowerPoint

Report
6-laboratoriya.
Maktab matematika kursi algoritm va qoidalarning
mantiqiy matematik tahlili. Algoritm va qoidalar bilan
ishlash metodikasi.
Maqsad: Maktab matematika kursida algoritm va qoidalarning mantiqiy
matematik tahlili bosqichlari va xususiyatlari bilan tanishtirish. (O’nli
kasrlarni qo’shish va ko’paytirish misolida)
Vositalar: O’nli kasrlarni qo’shish va ko’paytirish algoritmlarini
ko’rsatuvchi sxemalar.
Asosiy mazmuni
Algoritm, bu shunday ko’rsatmaki unda qaysi matematik operatsiyalar, qanday tartibda
bajarilsa berilgan tipdagi matematik masalani yechish mumkinligi ko’rsatiladi, uning
qadamlari belgilab beriladi.
Algoritm ommaviylik, elementarlik, diskretlik, qat’iy yo’naltirilgan, natijaviylik
xossalariga egadir. Uning ommaviyligi, berilgan algoritm yordamida ma’lum tipdagi
masalalarni yechish mumkinligida. Algoritmni diskretligi, algoritm tuzilganda
tugallangan, aloxida qadamlar (operatsiyalar) xosil qilinishida ko’rinadi, har bir qadam
bajaruvchi tomonidan yengil hal qilinadi, bu uning elementarligini bildiradi.
Masalani yechish jarayonida berilgan algoritmga rioya qilinganda birinchi qadam
qat’iy aniqlangan bo’lib undan keyingi qadam ko’rsatilgan bo’ladi. Bu uning qat’iy
yo’nalgan jarayon ekanligini bildiradi.
Ma’lum tipdagi masalalarni yechishga mo’ljallangan algoritmni barcha
ko’rsatmalariga rioya qilinsa, ma’lum natijaga erishiladi. Bu algoritmni natijaviyligini
bildiradi.
Algoritm (qoidalarni) mantiqiy tahlili deganda: a) Berilgan qoidalarda algoritmning
xarakteristik xossalari mavjudligini tekshirish b) Berilgan qoidada operatsiyalar ketmaketligini aniqlash v) Algoritm (qoidani) boshqa nazariy bilimlar bilan bog’liqligini
aniqlash.
Algoritm (qoidalarni) matematik tahlili deganda berilgan qoidani shunday
bo’lishini asoslovchi matematik bilimlar nazarda tutiladi.
O’nli kasrlarni qo’shish misolida qoidalarni mantiqiy-matematik taxlilini
ko’rsatamiz.
Ikki o’nli kasrni qo’shish uchun:
Qo’shiluvchilarda verguldan keyingi sonlarni tenglash kerak;
Qo’shiluvchilarni birini tagidan birini shunday yozish kerakki, vergul tagiga vergul
to’g’ri kelsin;
Natural sonlarni qo’shganday qilib qo’shish amalini bajarish kerak;
Xosil bo’lgan yig’indida vergulni qo’shiluvchilardagi vergul tagiga qo’yish kerak.
Laboratoriya topshiriqlari:
1-topshiriq.
Quyidagi qoidalarni algoritmini sxematik tasvirlang.
O’nli kasrlarni ko’paytirish.
Oddiy kasrlarni taqqoslash.
Oddiy kasrlarni qo’shish (ayirish).
O’nli kasrni natural songa bo’lish qoidasi.
Bir hadni ko’phadga ko’paytirish qoidasi.
2-topshiriq.
Yuqorida qayd etilgan qoidalar algoritmlarini mantiqiy-matematik tahlilini bajaring.
3-topshiriq.
O’nli kasrlarni ko’paytirish algoritmini shakllantirish bosqichlari uchun mashqlar tanlang va ularni bajarish
yo’llarini ko’rsating.

similar documents