Qadriyatlarga hurmat

Report
Toshkent shahar
Hamza tumani
166-maktabning
o’zbek tili o’qituvchisi
Dildora Gulyamnazirovna
Igamberdiyevaning
8-sinf uchun
“Qadriyatlarga hurmat” mavzusida
noan’anaviy dars ishlanmasi.
Toshkent -2011
Qadriyatlarga
hurmat
Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning
og’zaki nutqini o’stirish, lug’at boyligini
oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Kattalarga
hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lishni
o’quvchilar ruhiyatiga singdirish.
O’quvchilarni odob-axloqqa, rostgo’ylikka
o’rgatish.
Darsni rivojlantirish maqsadi: Olgan
bilimlarni hayotda qo’llay olish.
Darning turi: Noan’anaviy.
Dars usuli: guruhlarda ishlash,
klaster, Blits so’rov.
Darsning jihozlanishi: vatman,
marker, tarqatma materiallar, test
topshiriqlar.
Darsning bosqichlari:
Tashkiliy qism
 O’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilar
bilimini savol-javob asosida aniqlash.
 Yangi mavzu bilan ishlash:
Mustahkamlash: Mashq va topshiriqlar.
o’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa
berish.

Darsning borishi:
I. Tashkiliy daqiqa. Mavzular yuzasidan
savol-javob. O’quvchilarni dars mavzusi
bilan tanishtirish va ularning faoliyatini
o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’llash.
II. Uyga vazifani tekshirish. “Men sevgan
asar qahramoni” mavzusida kichik matn
tuzish.
Uy vazifasi bo’yicha o’quvchilar baholanadi.
III. Yangi mavzu: “Qadriyatlarga hurmat”
Qadriyat - qadr so’zidan olingan bo’lib, necha
asrlardan buyon inson uchun qadrli bo’lib,
taraqqiyotga xizmat qilib kelayotgan odat, rasmrusm, an’ana, tushuncha va tamoyillarni bildiradi.
Aziz o’quvchilar qani aytingchi, qadritay deganda
siz nimani tushunasiz? (Klaster usulida savol-javob
o’tkazish. Shu usul orqali o’quvchilar bilimini
aniqlab olingandan so’ng, o’quvchilar to’rt guruhga
bo’lib olinadi. O’qituvchi har bir guruhdan
Klasterda yozgan javoblarini izohlab berishlarini
so’raydi.)
Adabiyot
Bayramlar
Til
Qadriyat
Birinchi guruh: Biz qadriyat deganda
bayramlarimizni tushunamiz. “Ustoz va
murabbiylar” kuniga bag’ishlangan bayram haqida
gapiradigan bo’lsak, bu bayramda har birimiz
Ustolarimizni qutlaymiz. Ustozlarimizga hurmat va
ehtiromimizni bildiramiz. Qadimdan “Ustoz
Otangday ulug’ “-deb bekorga aytishmagan.
Ustozlarga hurmat xalqimizning qadimdan
bizgacha yetib kelayotgan an’analarimizdan,
qadriyatlarimizdan biridir. Shuning uchun bu kunni
biz ham qadriyat, ham bayram, ham an’ana deb
bilamiz.
Ikkinchi guruh: Odob deganda biz tarbiyali degan
tushunchani anglaymiz. Odobli kishi el orasida
e’zozlidir. Odob insoniy fazilat, kishi qadrini baland
qiluvchi qimmatli sifatdir. Dono xalqimizning
“Adab bozorda sotilmas”, “Odobi yo’qning aqli
yo’q”, “Odob aqlli kishi uchun ulug’lik va
fazilatdir” degan naqllari bejiz aytilmagan.
Shunday ekan, aql va odob bir-biriga bog’liq.
Insonda har ikkovi mavjud bo’lsagina u kamol
topadi. Ayniqsa, odob va axloqiy, ezgulik, insoniylk
kabi ma’naviy qadriyatlar shaxs kamolotida
dasturamal bo’lib kelmoqda.
Ikkinchi guruh a’zolarining ham javobi tinglab
bo’lingandan so’ng 3-4-guruhlar ham tinglanadi.
IV. Mustahkamlash. Matn ikki qismga bo’linib,
guruhlarga beriladi. Berilgan topshiriqlarni
bajarish uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir
guruh navbat bilan javob berganlaridan so’ng
tuzgan savollarini bir-birlariga taqdim etadilar.
Qaysi guruh o’quvchilari savollarga aniq va tez
javob bersa shu guruh qo’shimcha ball bilan
rag’batlantiriladi.
Andishali qiz.
Bir onaning yetti qizi va bir o’g’li bor ekan. O’g’li juda
uzoqda yashar ekan. Bir kuni ona o’g’linikiga mehmonga
ketibdi va bir oydan so’ng qaytib kelibdi.
Ona ostonaga qadam qo’yishi bilan qizlari bir-biriga gal
bermay chug’urlasha boshlashibdi.
- Voy oyijon-ey, lolaqizg’aldoq quyosh nurini qanday
sog’insa, men ham sizni shunday sog’indim!-debdi katta qizi.
- Qaqragan yer yomg’irni qanday orziqib kutsa, men ham
sizni shunday kutdim,-debdi gapni ilib ketibdi ikkinchi qizi.
- Kichkina qushcha uchib ketgan onasini qanday sog’inib
nola qilsa, men ham shunday yig’ladim, -debdi uchinchi qizi.
- Asalariga gulsiz yashash qanchalik qiyin
bo’lsa, menga sizsiz yashash shunchalik
qiyin bo’ldi, -deya chug’urlabdi to’rtinchi
qizi.
- Gulzor, bog’ bulbulni qanday kutgan
bo’lsa, men ham sizni shunday intizor bo’lib
kutdim, -deya sayrab ketibdi oltinchi qizi.
- Yettinchi kenja qizi onasiga hech nima
demabdi. U onasining kiyimlarini yechishga
ko’maklashibdi. Onasi yuz-qo’llarini yuvib
olish uchun suv keltirib, sochiq tutibdi.
Topshiriqlar: 1. Matnni o’qing va tarjima
qiling.
2. Yangi so’zlarni topib
tarjimasini yozing.
3. Savollar tuzing.
4. O’z so’zingiz bilan so’zlab
bering.
Yangi so’zlar
bozor- рынок
xarid- покупка
ostona- порог
sog’inmoq- скучать
qaqragan yer- засохшая земля
nola qilmoq- стонать
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Hikoyadan nimani bilib oldingiz?
2. Qaysi bir qizning ishi sizga yoqdi? Nima
uchun?
3. Shu qizlar o’rnida siz bo’lganingizda nima
qilar edingiz?
O’qituvchi: Biz siz bilan “Andishali
qiz” matni orqali odobli, axloqli,
sadoqatli, rostgo’y, kattalarga
hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lish
haqida bilib oldik. Bu esa o’z
navbatida qadriyatlarga bo’lgan
hurmatni bildiradi. Demak, odob ham
qadriyatlarimizning bir belgisidir.
Odobli o’g’il-ko’kdagi yulduz
Odobli qiz – yoqadagi qunduz
So’z kishining o’zagi,
Odob kishining bezagi.
Inson odobi bilan,
Osmon-oftobi bilan.
Bir kattani bil,
Bir kichikni bil.
Otang bolasi bo’lma,
Odam bolasi bo’l.
Bola aziz,
Odobi undan aziz.
V. Baholash. “Blits so’rov”, faol o’quvchilarni
baholash.
Qadriyatlar
nomi
An’ana
O’g’il to’yi
Marosim
Fazilatlar
Urf-odat
+
Odobli bola
elga manzur
+
Mustaqillik
bayrami
Ramazon oyi
+
+
Bolaga ism
qo’yish
Ota-onaga
hurmat
Ustoz va
murabbiylar
kuni
Bayram
+
+
+
VI. Uyga vazifa: Milliy an’analar haqida
yangi ma’lumotlarni bilib kelish.
E’tiboringiz uchun rahmat!

similar documents