Document

Report
7-Маъруза: Оltingugurtning kislоrоdli
birikmаlаri. Оltingugurt (IV) оksid, sulfit kislоtа
vа uning tuzlаri. Tiоsulfаt kislоtа vа uning
tuzlаri.
Reja:
Оltingugurtning kislоrоdli
birikmаlаri.
2. Оltingugurt (IV) оksid, sulfit
kislоtа vа uning tuzlаri.
3. Tiоsulfаt kislоtа vа uning tuzlаri.
1.
Oltingugurtning kislorod bilan hosil
qilgan birikmalari.
Oltingugurt bir necha xil oksid hosil qiladi, bu oksidlardan amaliy ahamiyatga ega
bo’lganlari SO2-sulfit angidrid va SO3-sulfat angidriddir.
Sulfit angidirid oltingugurtning havoda yoki kislorodda yonishi natijasida hosil
bo’ladi.
S + O2 = SO2
U o`tkir hidli, juda zaharli, elektr o’tkazmaydigan gaz. Sanoatda metall sulfidlarini ham oksidlab,
kuydirib ham olinadi:
2PbS + 3O2 = 2PbO + 2SO2
Laboratoriyada misga kons. Sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi:
Cu + 2H2SO4 = CuSO4 + SO2↑+ 2H2O
U o’tkir hidli rangsiz gazdir; –10ºC temperaturada suyuqlikka aylanadi, 72.5% 0C da qaynaydi.
Sulfit angidrid suvda yaxshi eriydi, 1 hajm suvda odatdagi temperaturada 40 hajm chamasi SO 2
eriydi. Kuchli qaytaruvchi bo`lib, hatto nitrat kislotani ham qaytaradi:
2HNO3+SO2=H2SO4+2NO2
SO2+Cl2=SO2Cl2
3SO2+2KMnO4+2H2O=2MnO2+K2SO4+2H2SO4
Sulfit angidrid kuchli qaytaruvchilar ta’sirida oksidlovchi xossasini ham namoyon qiladi:
2SO2+2Na=Na2S2O4
Sulfit angidridning ko’pgina miqdori H2SO4 ishlab chiqarish uchun
ketadi. To’qimachilik sanoatida sulfit angidrid jun va ipak gazlamalni oqartirish,
neft sanoatida esa moylarni tozalash uchun ishlatiladi. Sulfit angidriddan meva
va sabzavotlarni konservalash, shuningdek omborlarni dezinfeksiya qilish va
boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Sulfit angidrid suvda erib ikki negizli
beqaror sulfit kislota hosil qiladi. SO2 ning suvdagi eritmasida mavjud
bo'ladigan muvozanatni quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:
SO2 + H2O ↔ H2SO3 ↔ H+ + HSO3–
↓↑
H+ + SO32–
H2SO3-kuchliligi o’rtacha bo’lgan kislota. Bu kislotada qaytarish xossalari
ham, oksidlash xossalari ham bo’ladi. Qaytarish xossalarini namoyon qiladigan
reaksiyalar H2SO3 uchun ko’proq xosdir. Masalan, sulfit kislota eritmasi ochiq
idishda turib qolsa, H2SO3 havo kislorodi ta'sirida oksidlanib H2SO4 ga
aylanadi.
2 H2SO3 + O2 = 2H2SO4
Sulfit kislotani galogenlar juda tez oksidlaydi:
H2SO3 + Cl2 + H2O = H2SO4+ 2HCl
Agar sulfit kislota juda kuchli qaytaruvchilar bilan masalan, H2S bilan reaksiyaga
kirishsa, oksidlash xossalarini namoyon qiladi.
H2SO3 + 2H2S = 3S + 3H2O

Sulfit kislota ikki negizli bo'lganligi uchun ikki
qator tuzlar: normal va nordon tuzlar hosil qiladi.
Ba'zi gidrosulfitlar texnikada katta ahamiyatga ega.
Masalan, Ca(HSO3)2 qog'oz sanoatida yog'ochni
qayta ishlash uchun, NaHSO3-gazlamalar
oqartirilgandan keyin ularda qolgan xlorni chiqarib
yuborish uchun ishlatiladi:
NaHSO3 + Cl2 + H2O = NaHSO4 + 2HCl
Na2SO3 ning suvdagi eritmasiga oltingugurt qo’shib
qaynatilganda Na2S2O3 hosil bo’ladi, bu modda
tiosulfat kislota H2S2O3 ning tuzidir (bu tuz
ko’pincha giposulfit deb ataladi):
Na2SO3 + S = Na2S2O3
Bu tenglama ionli shaklda quyidagicha yoziladi:
SO32– + S = S2O32–
Tuzilishi.
Uning molekulasidagi oltingugurtning bir atomi musbat 6
valentli, ikkinchi atomi manfiy 2 valentli ekanligini ko’rsatadi.
Tiosulfat kislota erkin holda olingan emas. Natriy tiosulfatga
kuchli kislota ta’sir ettirilganda S, SO2 va H2O hosil bo'ladi:
Na2S2O3 + H2SO4 = Na2SO4 + S + SO2 + H2O
Bu tenglama ionli shaklda quyidagicha yoziladi:
S2O32– + 2H+ = S + SO2 + H2O
Tiosulfat-yaxshi qaytaruvchi, u masalan xlorni xlorid
kislotagacha qaytaradi:
Na2S2O3 + Cl2 + H2O = Na2SO4 + S + 2HCl
Bu tenglama ionli shaklda quyidagicha yoziladi:
S2O32– + Cl2 + 2H2O = SO42– + S + 2Cl– + 2H+
Natriy tiosulfat kumush bromid bilan reaksiyaga kirishib, suvda
eriydigan kompleks tuz hosil qiladi:
AgBr + 2Na2S2O3 = Na3[Ag(S2O3)2] + NaBr
Bu tenglama ionli shaklda quyidagicha yoziladi:
AgBr + 2S2O32– = [Ag(S2O3)2]3– + Br–
Natriy tiosulfatning fotografiyada fotoplastinka va fotoqog’oz
ochiltirilgandan keyin hosil bo’lgan tasvirni mustahkamlash uchun
ishlatilishi ana shu reaksiyaga asoslangan.
Na2S2O3+ Br2 +H2O = Na2SO4 +S +2HBr
2Na2S2O3 +J2 = Na2S4O6 +2NaJ
Ikki negizli kislota bo`lgani uchun sulfitlar va gidrosulfitlar hosil qiladi.
Agar SO2 ning suvdagi eritmasidan H2S o`tkazilsa, oraliq
mahsulotlar sifatida tiosulfat kislota H2S2O3 Yoki H2SxO6 tarkibli
politionat kislotalar hosil bo`lshi mumkin. Politionat kislotalarda x,
odatda, 3 dan 6 gacha bo`ladi: H2S3O6 -tritionat kislota: H2S4O6tetrationat kislota: H2S5O6 -pentationat kislota: H2S6O6-geksationat
kislota. Bu kislotalar faqat eritmadagina ma’lum bo`lgan baqaror
kislotalardir, lekin tuzlari birmuncha barqaror moddalardir.Tiosulfit
kislotani H2SO3 dagi, tiosulfat kislotani esa H2SO4 dagi bitta kislorod
atomi oltingugurt atomiga o`rin almashingan deb qarash mumkin:
SO2, H2SO3, H2S2O3 , H2 Sx O6 va bu kislotalarning tuzlari kuchli
qaytaruvchi xossaga ega:
5SO2 +2 KMnO4 + 2H2O = K2SO4 +2 MnSO4 + 2H2SO4
H2SO3 +CI2 +H2O = H2SO4 +2HCI

similar documents