Ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik

Report
Doschonov Jasurbek
Reja:
 Ishchi kuchining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
Ishchi kuchi bandligi va uning darajasi, ishsizlik va
uning turlari.
Ishchi kuchi bozori. O’zbekistonda ishchi kuchi
bozorini shakllantirish.
Ishchi kuchi — bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining
yig'indisi bo'lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi.
Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga
layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb
ham ataladi.
Ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha
bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar
kiritiladi.
Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi:
Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'Igan shaxslar ishchi kuchi
resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan
holda o'qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo'jaligida band bo'lganlar
potensial qismi hisoblanadi.
Respublikada ishchi kuchi resurslarining o’rtacha
yillik soni 2008 yilda 16,3 mln kishini tashkil qilgan, bu
mamlakat aholisining 59,1 foiziga tengdir. Iqtisodiyotda band
bo’lgan ishchi kuchi o’rtacha yillik soni 11.0 mln kishidan
ortiq bo’lib, jami ishchi kuchi resurslari tarkibida 67,5 foizni
tashkil qiladi.
67,5% 32,5%
Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga
aholining tabiiy o'sishidan tashqari ishchi kuchi
migratsiyasi ham ta'sir qiladi.
Migratsiya ikki xil: mamlakat ichida va xalqaro darajada ro'y berishi
mumkin. Bir mamlakat ichida ro'y bergan migratsiya ichki migratsiya
deb ataladi.
Ishchi kuchi migratsiyasi shunchaki ro'y bermay, uning
asosida ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat
bo'ylab mehnat resurslari samarali taqsimlash, ishchi kuchiga bo‘lgan
talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning
amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi
ortadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush
darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va
mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat
Ishchi kuchi bozori — bu xo'jalik faoliyati jarayonida "ishchi kuchi"
tovari egalari va uning asosiy iste'molchilari — davlat va tadbirkorlar
o'rtasida mehnat sharoitlari va unga haq to'lash miqdorlari, ishchilarning
malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi,
intensivligi va mas'uliyat darajasi bo'yicha tarkib topuvchi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimi.
Ingliz iqtisodchisi A.Fillips ishsizlik va inflyatsiyaning o'sishi
o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatib berib, bu bog'liqlikni ifodalovchi
egri chiziq Fillips egri chizig'i deb nom oldi. Unga ko'ra, inflyatsiya
darajasini 1 foizga pasaytirish uchun ishsizlikni 2 foizga o'stirish
lozim bo'ladi.
W.P %
W-nominal ish haqining o’sish
sur’ati.
P-inflatsiya darajasi.
U-ishsizlik darajasi.
U%
Ishsizlik va uning turlari.
Mehnatga layoqatli bo'lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan
ta'minlanmaganlar ishsizlar deyiladi.
Namoyon bo'lish xususiyati va vujudga kelisli sabablariga ko'ra,
ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik,
regional, yashirin va turg'un ishsizlik turlariga bo'linadi.
Ishsizlik turlari.
Bir ishdan bo'shab yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan davrdagi ishsizlik friksion
(oraliq) ishsizlik deyiladi. (bu muddat 1 oydan 3 oygacha davom etishi mumkin)
Yangi kasb va mutaxassislikni o'zlashtirib yoki boshqa joyga ko'chib o’tib, yangi ishga
joylashgunga qadar bo‘lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi (odatda 6 oydan
ko'proq davom etadi).
Siklik ishsizlik — iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog'liq bo'lib, u ishlab
chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi va
siklning yuksalish fazasida mavjud bo'lmaydi.
Institutsional ishsizlik - ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya'ni ishchi kuchini ish bilan
ta'minlashga xizmat ko'rsatuvchi muassasalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi
yoki samarali faoliyat ko'rsatmasligi natijasida paydo bo'ladi.
Texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib kelishi
bilan bog'liq bo'ladi.
Hududiy ishsizlik muayyan hududdagi tarixiy, demografik,
madaniy, milliy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator
kompleks omillar ta'siri ostida ishchi kuchi talabi va taklifi
o'rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to'liq
band bo'lmaslik xos.
Turg'un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini
yo'qotgan, ishsizlik bo'yicha nafaqa olish huquqidan mahrum
bo'Igan hamda faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi
bo'lmagan qismini qamrab oladi.
Ishchi kuchi tarkibiga ishlay oladigan va ishlashni xohlagan
barcha kishilar kiradi. Ishchi kuchi - ishlovchilar va faol ish
izlovchilardan iborat bo'ladi. Boshqacha aytganda, band
bo'lganlar va ishsizlar ishchi kuchini tashkil qiladi.
Ishsizlarga ish bilan band bo'lmagan va faol ish izlayotgan
hamda bu haqda tegishli xizmat muassasalariga (mehnat
birjalariga) bildiigan kishilar kiradi. Mehnat qilishga layoqatli
bo'lib, ishlashni xohlamagan va ish izlashga harakat
qilmaganlar ishsizlar tarkibiga kirmaydi.
Ishsizlik tabiiy darajasi
Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi
tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.
Ishsizlik darajasi =
Ishsizlar soni
Ishchi kuchi soni
x 100% •
Ишсизлик.
2013 йил июн ойи охирига меҳнат идораларида иш қидирувчилар
сифатида рўйхатдан ўтган аҳоли сони 13,7 минг кишини (2012 йилнинг
шу даврида - 16,6 минг киши) ташкил қилди.
Ишсизлар сони 2013 йил январ-июнида 630,6 минг кишини ташкил
қилди ва иқтисодий фаол аҳоли сонига нисбатан ишсизлик даражаси
4,8 фоизга тенг бўлди.
Республика миқёсида юқори ишсизлик даражаси Қорақалпоғистон
Республикасида (ишсизлар сони – 39,7 минг киши ёки иқтисодий фаол
аҳоли сонига нисбатан ишсизлик даражаси 6,1 фоиз), Андижон (66,9
минг киши ёки 5,4 фоиз), Самарқанд (75,1 минг киши ёки 5,3 фоиз),
Наманган (49,3 минг киши ёки 5,3 фоиз), Қашқадарё (57,5 минг киши
ёки 5,2 фоиз), Хоразм (36,6 минг киши ёки 5,2 фоиз), Навоий (22,3
минг киши ёки 5,2 фоиз) ва Сурхондарё (46,9 минг киши ёки 5,1 фоиз)
вилоятларида кузатилди.
2013 йилнинг январ-июн ойларида иқтисодиётда банд
бўлган аҳоли сони 12410,1 минг кишини ташкил қилди ва
2012 йилнинг шу даврига нисбатан 2,5 фоизга ошди.
Бандлар сонининг сезиларли ўсиш даражаси қишлоқ ва
ўрмон хўжалигида (4,0 фоизга), қурилишда (3,3 фоизга),
савдо, умумий овқатланиш, таъминот ва тайёрлов соҳасида
(3,2 фоизга), уй-жой коммунал хўжалиги ва аҳолига маиший
хизмат кўрсатишнинг ноишлаб чиқариш турида (2,9 фоизга),
транспорт ва алоқада (2,7 фоизга), саноатда (1,6 фоизга)
кузатилди. Нодавлат секторида жами бандлар улуши 80,6
фоизга етди, бу кўрсаткич 2012 йилнинг шу даврида 80,1
фоизни ташкил қилган.

similar documents